02 mar 15:44
Yangiliklar
Tennis

Sofiya Kenin Meksika turniri finalida o'ynaydi
Dunyoning 35-raketkasi Sofiya Kenin Meksikaning Akapulko shahrida yakuniga etib borayotgan turnirning finaliga chiqdi.
Amerikalik tennischi Abierto Mexicano Telcel musobaqasining yarim finalida kanadalik Byanka Andreeskudan ustun keldi. Kenin reytingning 71-pog'onasidan joy olib turgan raqibasini 6/4, 3/6, 7/5 hisobida engdi.
Uchrashuv 2 soatu 14 daqiqa davom etdi. Ikki tennischi o'rtasidagi o'zaro uchrashuvlardagi hisob tenglashdi - 1:1. Bugun Sofiya Akapulko turniri bosh mukofoti uchun xitoylik Van Yafanga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar