So’nggi yangiliklar

07:01Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди 0 01:25Ўзбекистон терма жамоаси Ливерпулдаги ЖЧни 11 та медаль билан якунлади 0 01:17Жаҳонгир Зокиров ЖЧ кумуш медалини қўлга киритди 0 00:23Акмалжон Исроилов мезбон боксчини мағлубиятга учратиб, ЖЧ олтин медалини қўлга киритди 0 23:00Навбаҳор Ҳамидова Жаҳон чемпионатининг кумуш медалига эга чиқди 0 22:39Абдумалик Халоков - кетма-кет иккинчи маротаба ЖЧ олтин медалига эга чиқди 0 22:25АПЛ. "Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:51Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди 0 19:30ЖЧ-2025: Тўрабек Хабибуллаев Ўзбекистонга тўртинчи олтин медални тақдим этди! 0 19:12Жавоҳир Умматалиев фаолиятидаги илк Жаҳон чемпионатида олтин медалга эга чиқди! 0 18:42Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси 14 та медал билан Осиё чемпионатини 1-ўринда якунлади 0 18:20Асадхўжа Мўйдинхўжаев — икки карра Жаҳон чемпиони! 0 18:00"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти 0 17:39Шаҳрам Ғиёсов Муроджон Аҳмадалиевни қўллаб-қувватлади (ФОТО) 0 17:03Муроджон Аҳмадалиевнинг Наоя Иноуэга қарши мутлақ чемпионлик жанги тўлиқ давом этди 0

14 apr 14:07
Yangiliklar

Engil atletika

Sog'lom ozish kuniga bag'ishlangan tadbirdan yorqin FOTOGALEREYA

Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan sog'lom turmush tarziga rioya etish borasidagi ommaviy tadbirlarni o'tkazish ananaga aylandi.

Joriy yilning 13 aprel, shanba kuni “Sog'lom ozish kuni” ommaviy tadbirlari doirasida 5 kilometr masofaga faol yurish va velosayr tashkil etilgani ham yuqoridagi say-harakatlarning mantiqiy davomidir.

- Darhaqiqat, yurtimizda sog'lom turmush tarziga alohida etibor qaratilmoqda. Yaqinda Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan yoshlar talim-tarbiyasi uchun qo'shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o'z ichiga olgan 5 ta tashabbusning ikkinchisi bevosita yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, sport inshootlari quvvatini oshirishga qaratilgani ham fikrimiz tasdig'idir, – dedi Sog'liqni saqlash vaziri Alisher SHodmonov. - Jismoniy faollikka targ'ib etuvchi ommaviy tadbirlarni o'tkazishimizdan maqsad ham aholi, jumladan, yoshlarni bevosita jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, qiziqishini oshirish barobarida, faollikni kundalik turmush tarziga aylantirishdir. Muhimi, har haftada tashkil etilayotgan ommaviy tadbirlarimizda qatnashuvchilarning soni oshib borayotgani, ularning jismoniy faollikka bo'lgan qiziqishi har qachongidan ham kuchayayotgani ko'zlagan maqsadlarimiz sari tashlangan dastlabki qadamlardir. Bu ham bo'lsa, kasallikka emas, uning profilaktikasiga asosiy etibor qaratayotganimiz samarasidir. 

Tadbirda faol yurish va velosayrga asosiy etibor qaratilgani bejiz emas. Faol yurish orqali yurak qon-tomir kasalliklari, insult, xavfli o'smalar, nafas olish azolarining surunkali kasalliklari va qandli diabet kabi yuqumli bo'lmagan kasalliklarning oldini olgan bo'lamiz. 

Velosipedda sayr qilish jismoniy faollikning yana bir qulay va zavqli turi hisoblanadi. Velosayr mushak, yurak-qon tomir tizimini mustahakamlaydi, nafas olish ritmini rivojlantiradi. Tizimli harakatlar yog'larning erishiga, shu orqali ortiqcha vazndan qutilishning yaxshi usullaridan biridir.

SHu o'rinda qayd etish kerakki, semizlikka qarshi kurashda sog'lom ovqatlanish ham muhim o'rin tutadi. Jumladan, turli xil sabzovot va mevalarni istemol qilishga odatlanish kerak bo'ladi. Yog'li go'sht mahsulotlarini dukkakli mahsulotlarga, baliq va parranda go'shti yoki yog'siz go'shtlarga almashtirish, tuz va qandni imkon qadar kamroq istemol   qilish, ovqat bilan birga choy ichmaslik, tabiiy sharbatlar yoki qaynatilgan suv ichish kabi oddiy, ammo muhim qoidalarga rioya etgan maqul.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilgan ushbu ommaviy tadbirlarda Sog'liqni saqlash vazirligi xodimlari, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va filiallari, respublika va viloyat tibbiyot muassasalari hamda hududlardagi hamkor tashkilotlar vakillari, tibbiyot oliy o'quv yurtlari va kollejlari talabalari bilan birga maxalla faollari ham ishtirok etishdi.

Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing