So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

27 may 16:14
Yangiliklar

Boshqalar

“Sog'lom turmush” medali tasis etildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 2020 yil 26 may kuni “Sog'lom turmush” medalini tasis etish to'g'risida”gi Qonunni imzoladi.

Qonun bilan “Sog'lom turmush” medali tasis etildi va medal to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.

Unga ko'ra, “Sog'lom turmush” medali bilan:

  • aholi orasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, ortiqcha vazn va semizlikni bartaraf etish, zararli odatlarning oldini olish, sog'lom ovqatlanish va shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishni keng targ'ib qilishga qo'shgan katta hissasi uchun – sog'liqni saqlash muassasalari shifokorlari, shu jumladan dietologlar, jismoniy tarbiya instruktorlari, sog'liqni saqlash masalalarini va sog'lom turmush tarzini yorituvchi ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar;
  • jismoniy tarbiya bilan muntazam shug'ullanish va uni kundalik turmush tarziga aylantirish, sog'lom hayot tarziga qatiy amal qilish borasida jamoatchilikka shaxsiy namuna bo'layotgani uchun – fuqarolar, namunali oilalar va sportchilar;
  • ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli tashkil qilish orqali uni umummilliy harakatga aylantirishga qo'shgan ulkan hissasi uchun – barcha darajadagi tashkilot va idoralar rahbarlari;
  • o'sib kelayotgan avlod o'rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, uni jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, ruhiy barkamollikka etkazish, qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish, sog'lom turmush tarzi ko'nikmalarini shakllantirishga qo'shgan salmoqli hissasi uchun – sport maktablari, umumtalim maktablari va maktabgacha talim muassasalarining rahbarlari, sport trenerlari, jismoniy tarbiya va sport sohasining boshqa mutaxassislari;
  • sport musobaqalari orqali yoshlarda iroda, matonat, o'z kuchi va imkoniyatlariga ishonch fazilatlarini mustahkamlash, ularda vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'ularini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlari uchun – mudofaa tizimi vakillari, yuqori natijalarga erishgan sportchilar va ularning trenerlari, hakamlar va sport tashkilotlarining vakillari;
  • jismoniy tarbiya va sportni respublikamizda yanada rivojlantirish va ommalashtirish, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini yuqori saviyada tashkillashtirish, sportchilarning o'quv-yig'in mashg'ulotlari va xalqaro musobaqalarda munosib ishtirokini taminlashga qo'shgan hissasi uchun – barcha darajadagi hokimlar va ularning o'rinbosarlari, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari rahbarlari, homiylar, sport federaciya (uyushma)lariga biriktirilgan korxona va tashkilotlar rahbarlari mukofotlanadilar.

SHuningdek, “Sog'lom turmush” medali bilan boshqa shaxslar ham aholi orasida sog'lom turmush tarzini shakllantirishdagi, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanishi mumkin.

“Sog'lom turmush” medali bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti ham beriladi.

“Sog'lom turmush” medali 0,25 mikron qalinlikda oltin qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida bo'ladi.

Medalning old tomoni quyi qismida O'zbekiston Respublikasining xaritasi aks ettirilgan Er shari, uning yuqori qismida esa ko'tarilayotgan quyosh nurlari fonida sog'lom oilaning ramziy tasviri joylashgan. Medalning aylanasi bo'ylab yashil emal fonida “SOGʻLOM TURMUSH” yozuvi, quyi qismida esa sakkiz qirrali yulduzga tutashgan ikkita dafna novdasi joylashgan. Medalning orqa tomonida O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing