So’nggi yangiliklar

13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0

14 iyu 18:41
Yangiliklar

Boshqalar

Sog'lom turmush tarzi platformasi orqali yurtdoshlarimiz iyun oyida qancha mablag'ga ega bo'lishdi?

Xabaringiz bor, shu yil 10 maydan boshlab yurtdoshlarimiz orasida yurish va yugurishni keng targ'ib qilishga qaratilgan Sog'lom turmush tarzi (1hls.uz) platformasi test rejimida ishga tushirilgan bo'lsa, 1 iyundan boshlab rasman faoliyat ko'rsatishni boshladi.

Kezi kelganda takidlash kerak, yurtdoshlarimiz orasida platformaga haligacha ishonchsizlik bilan qarayotganlar ham yo'q emas. Biroq, shubha-gumonlarga borishingiz o'rinsiz, «Sog'lom turmush tarzi» (1hls.uz) platformasi ishlamoqda va u orqali O'zbekiston Respublikasining 18 yoshdan oshgan fuqarolari allaqachon iyun oyi yakunlariga ko'ra o'zlariga tegishli mukofot pullarini qo'lga kiritib ulgurishdi.

Darvoqe, platformadan respublikamiz bo'yicha tumanlar kesimida 203ta g'olib aniqlandi. Afsuski uchta tuman aholisi umuman platformadan ro'yxatdan o'tmagan yoki undan samarali foydalanishmagan. Umumiy hisobda platformadan 27 482 nafar yurtdoshimiz ro'yxatdan o'tgan bo'lib, shundan 20 774 nafari erkaklar, 6 658 nafari esa ayollardir. Xolbuki, O'zbekistonda 18 va undan yuqori yoshdagi fuqarolar soni 21 475 989 nafarni tashkil qiladi.

2021 yilning iyun oyi yakunlariga ko'ra, Toshkent shahar Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi Timur Rafikovich Axmadullin g'olib deb topildi va 1 million so'm miqdoridagi pul mukofotini qo'lga kiritdi. Darvoqe, Axmadullin nafaqat Respublika, balki tuman va hudud kesimida ham g'olib chiqqanligi bois, o'zining elektron hamyonini 1 million 800 ming so'mdan ko'proqqa boyitib oldi. Buning uchun u iyun oyi davomida jami 890 947 qadam masofani piyoda bosib o'tishiga to'g'ri keldi.

Umumiy hisobda iyun oyida «Sog'lom turmush tarzi» (1hls.uz) platformasining tuman, hudud va Respublika bosqichi g'oliblariga 68 million 900 ming so'm miqdoridagi mablag' mukofot tarzida to'lab berildi. SHundan 60 900 000 so'm 203ta tuman bosqichi g'oliblariga, 7 000 000 so'm Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududlari g'oliblariga hamda yana 1 million Respublika miqyosida eng ko'p yurgan yurtdoshimizga mukofot tariqasida to'lab berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing