18 iyu 11:41
Yangiliklar
Futbol

Son "Tottenxem" bilan kelishuvini uzaytirishga yaqin
"Tottenxem" yarim himoyachisi Son Xen Min klubdagi faoliyatini davom ettiradi.
29 yoshli futbolchi "shporlar" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnomada janubiy koreyalik futbolchi yiligi 12 mln evro maosh olishi kutilmoqda.
O'tgan mavsumda futbolchi APLning 37 o'yinida 17 gol va 10 assist qayd etdi. Son 2015 yildan buyon "Tottenxem" tarkibida harakat qilmoqda.
Havola :
Manba : goal.com
Fikrlar