04 sen 13:14
Yangiliklar
Song Yadong Petr Yan - Merab Dvalishvili jangiga taxminini aytdi
Xitoylikning aytishicha, gruziyalik sobiq chempion rossiyalik amaldagi kamar sohibidan UFC’ning engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini tortib olishiga ishonmayapti.
"Men Merab g'alaba qozonishini istayman, lekin Petr Yanning bu jangda g'alaba qozonish imkoniyatlari ko'proq deb hisoblayman", — dedi Song sport sharhlovchisi Ariel Xelvani bilan bo'lgan intervyuda.
Agar 24 oktyabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadigan UFC 333 turnirida Merab Dvalishvili chempionlik kamarini qaytarib olsa, o'tgan hafta Umar Nurmagomedovni ikkinchi raundda shov-shuvli tarzda nokautga uchratgan Song Yadong chempionlik jangi uchun asosiy davogarga aylanadi. Biroq, agar Petr Yan chempionlik unvonini himoya qilsa, uning navbatdagi raqibi katta ehtimol bilan rossiyalik va xitoylik jangchilarni mag'lub etgan amerikalik SHon O`Melli bo'ladi.

Fikrlar