01 may 10:11
Yangiliklar
Futbol

Spaletti yana A Ceriyada ish boshlashi mumkin
Luchano Spallettiga Florenciya klubidan qiziqish bor.
Malum qilinishicha, yozgi transferlar vaqtida “Fiorentina” klubida murabbiy o'zgarishi mumkin. Florenciyaliklar jamoa bosh murabbiyi lavozimini Luchano Spalettiga ishonib topshirish niyatida. Qayd etish lozim, 61 yoshli mutaxassis ayni damda ishsiz. Spalettining so'nggi klubi “Inter” bo'lgan edi, u klubdan 2019 yilda ketgan.
Luchanoning xizmatlariga “Roma”, “Milan” hamda “Nyukasl”dan qiziqish borligi aytilmoqda.
Havola :
Fikrlar