04 avg 22:50
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/2321_220.jpg)
“Spartak” so'nggi daqiqadagi gol evaziga Evrokuboklar bilan xayrlashdi
Moskvaning “Spartak” klubi Evropa ligasining 3-saralash bosqich javob uchrashuvida alamli mag'lubiyatni qabul qilib oldi.
“Qizil-oqlar” o'z maydonlarida Kiprning AEK klubini qabul qilishdi. O'yinning 89-daqiqasida Ivan Trichkovski tomonidan kiritilgan yagona gol greklarni keyingi bosqichga olib chiqdi.
“Spartak” esa bu yil ham Evrokuboklar bilan muddatidan avval xayrlashdi. Bu ikki jamoaning Larnakada kechgan ilk uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etilgandi. Agar 0:0 hisobi saqlanib qolganida, keyingi bosqichga aynan “Spartak” chiqqan bo'lar edi.
Evropa Ligasi. 3-saralash bosqichi. Javob o'yini
SPARTAK (Moskva, Rossiya) – AEK LARNAKA (Larnaka, Kipr) – 0:1
Gol: Trichkovski, 88 (0:1).
Ogohlantirishlar: Makeev, 77; Rebrov, 84 – Murilo, 79.
Havola :
Fikrlar