25 may 15:25
Yangiliklar
Gimnastika
Sport gimnastikachilarimiz Osiyo chempionati sovrindori, Parij-2024 licenziyasi esa Filippinga ketadi
Toshkentda sport gimnastikasi bo'yicha ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionati start olgani haqida malum qilgan edik.
Musobaqaning ilk kuni hamyurtlarimiz kattalar o'rtasidagi jamoaviy dasturda bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Bahslar davomida Dildora Aripova, Lobar Amrullaeva, Aleksandra SHevchenko hamda Odinaxon Robijonova yurtimiz sharafini himoya qilishdi. Oltin medal Xitoy jamoasiga nasib etgan bo'lsa, KXDR vakillari shohsupaning ikkinchi pog'onasidan joy oldilar.
Qayd etish joiz, ortda qolgan kun yakkalik yo'nalishida o'ynalgan Parij-2024 licenziyasi filippinlik Emma Malabuyoga nasib etdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar