So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

13 iyu 18:14
Yangiliklar

Boshqalar

Sport mutaxassislari uch yilda oliy malumotga ega bo'lishadi

Endi jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari uch yilda oliy malumotga ega bo'lishadi.

«2020/2021 o'quv yilida O'zbekiston Respublikasining oliy talim muassasalariga o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to'g'risida»gi Prezident qarori bilan sport sohasida oliy malumotli mutaxassislar tayyorlash jarayonini optimallashtirish maqsadida «Sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha)» bakalavriat talim yo'nalishi bo'yicha o'qish muddati uch yil etib belgilandi. Malumot uchun, bungacha O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavriat talim yo'nalishida o'qish muddati to'rt yil edi.

Sport faoliyati talim yo'nalishida o'qish muddatining bir yilga qisqartirilishi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi «O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF–5924-sonli farmonida belgilab berilgan, 2025 yilgacha davlat sport talimi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibi, xususan oliy malumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich 80 foizgacha etkazish borasidagi vazifani bajarishda qo'l keladi.

Darvoqe, «2020/2021 o'quv yilida O'zbekiston Respublikasining oliy talim muassasalariga o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to'g'risida»gi Prezident qaroriga muvofiq 2020/2021 o'quv yili uchun O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavriat talim yo'nalishiga 1 300 nafar talaba o'qishga qabul qilinishi belgilangan. Bu o'tgan yilga nisbatan 10 foizga ko'p demakdir.

Eslatib o'tamiz, pandemiya sababli 2020/2021 o'quv yili uchun kirish imtihonlari optimallashtirildi. Unga ko'ra, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti abiturientlari joriy yilda kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ikkita yo'nalishda imtihon topshiradi. SHuningdek, kasbiy (ijodiy)+test shaklidagi talim yo'nalishlarida esa abiturientlar avvalgidek ikkita emas, balki bitta yo'nalishda ijodiy imtihondan o'tishadi.

Prezident qarori bilan, 2020/2021 o'quv yili uchun qabul jarayoni 2020 yil 20 iyundan 20 iyulgacha davom etishi belgilangan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing