So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

01 may 12:18
Yangiliklar

Boshqalar

Sport sohasi mutasaddilari tashabbus ko'rsatishyapti + FOTO

Qashqadaryo viloyati sport mutasaddilari xayrli ishga qo'l urishdi.

2020 yil 14 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida bo'lib o'tgan global inqiroz va pandemiya sharoitida qishloq xo'jaligi bo'yicha dolzarb vazifalarga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tgan edi. 

Mazkur yig'ilishda berilgan ko'rsatma va topshiriqlar ijrosini taminlash maqsadida Qashqadaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Sirojiddin Odilov tashabbusi bilan Kasbi tumanidagi mahallalar aholisining o'z tomorqalaridan unumli foydalanishni tashkil etish va qishloq xo'jaligi maxsulotlarini  etishtirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. 

SHuningdek, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Kasbi tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi, tuman bolalar-o'smirlar sport maktabi xodimlari, murabbiylari tumandagi yordamga muhtoj va kam taminlangan oilalar xolidan xabar olishib, ularga tegishli bo'lgan tomorqalarga ishlov berishib, poliz va sabzovat ko'chatlarini ekib berishdi. 

Sport sohasida samarali mehnat qilgan va ayni paytda 1-guruh nogironlari sanalgan Latif Salomov, Erkin Jo'raev, betobligi bois shifoxonada davolanayotgan Rahmatillo Madiev, boquvchisini yo'qotgan Dilnoza Sulaymonovalarning ham xonadonlarida bo'lishib, yordam sifatida oziq-ovqat mahsulotlari ulashishdi va ularning ham tomorqalaridagi bo'sh turgan erlarga ishlov berishib, turli xil ko'chatlar ekib berishdi. 

Bunday xayrli tashabbuslar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatning barcha tuman va shaharlarida davom etmoqda.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing