So’nggi yangiliklar

19:46Маддалена Пратесга қарши! UFC Australia турнири иштирокчилари вазн ўлчаш маросимидан ўтишди 0 19:02"Бавария" 8 нафар футболчисини трансферга қўйди 0 18:39Мераб Двалишвили Пётр Янга қарши учинчи жангни қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:18Хамзат Чимаев Хабибнинг ашаддий рақиби уни ММА жангчиси бўлишга илҳомлантирганини айтди 0 17:56"Бу жангдан маъно йўқ". Двалишвили нима учун Царукян билан жангга рад жавобини берганини айтди 0 17:35Расман: "Манчестер Юнайтед" ярим ҳимоячиси билан янги шартнома тузди 0 17:14Чарльз Оливейра UFC билан янги шартнома имзолади 0 16:53Наманганда “Саломатлик сари 10 000 қадам” марафонига старт берилди 0 16:32Дмитрий Бивол келажак режалари ҳақида гапирди 0 16:11Sky Sports: "Атлетико" Альваресни 150 миллион еврога баҳолаган 0 15:50Сауль Альварес Ар-Риёдда кутилмаган рақибга қарши рингга кўтарилади + ФОТО 0 15:29TePe Sigeman 2026 турнири бошланяпти. Унда Абдусатторов ва Магнус Карлсен ҳам иштирок этади 0 15:08Шавкат Раҳмоновнинг октагонга қайтиши ҳақида хабар берилди 0 14:47Daily Mail АПЛ мавсумининг энг ёмон 10 та трансферини аниқлади 0 14:26Арман Царукяннинг рақиби маълум - Тони Фергюсон! (+ПОСТЕР) 0

31 dek 13:53
Yangiliklar

Sport sohasida 2020 yil yakunlari va 2021 yil uchun istiqbolli rejalar muhokama qilindi

Nurafshon shahar madaniyat saroyida Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining 2020 yil yakuni bo'yicha yil sarhisobiga bag'ishlangan yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilish avvalida Toshkent viloyati hokimining Turizm va sport masalalari bo'yicha o'rinbosari Sayfiddin Nizomov so'zga chiqib, hokimlik va sport bo'limlarini aloqasini qay tarzda to'g'ri yo'lga qo'yish hamda 2021 yilda qilinadigan ishlar, jumladan, viloyatning barcha hududlaridagi Jismoniy tarbiya va sport bo'limlariga qo'yiladigan talablar va ishlar qay yo'sinda amalga oshirilishi haqida to'xtalib o'tdi.

SHundan so'ng, viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Komil Adilov so'zga chiqib, Toshkent viloyatida 2020 yil mobaynida Jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilgan yutuq va kamchiliklar haqida gapirib o'tdi.

SHuningdek, boshqarma boshlig'i K.Adilov kelgusi 2021 yilda viloyatda sportni yanada ommalashtirish yo'lida ko'proq ish olib borish kerakligi, erishilgan yutuqlar bilan chegaralanib qolmasdan, har bir yo'nalishda kamchiliklarni imkon boricha bartaraf qilish zarurligi, viloyatning barcha sport rahbarlari birdamlikda harakat qilish kerakligi, kelajak o'sib kelayotgan yoshlarga xar tomonlama o'rnak bo'lish zarurligi haqida takidlab o'tdi.

Yig'ilishda so'zga chiqqan boshqarma boshlig'i o'rinbosari Jamoliddin Sadullaxo'jaev yil davomida qilingan ishlar, o'tkazilgan tadbirlar ayniqsa karantin davrida aholi, xususan, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida tashkil etilgan onlayn sport musobaqalari, karantin qoidalariga qatiy rioya qilgan holda «yashil» hududlarda sportning 42 ta turi bo'yicha sport tadbirlari hamda badantarbiya mashg'ulotlari o'tkazilganligi va sport targ'iboti bo'yicha viloyatning Respublikada eng yaxshi uchlikda qayd etilganligini takidladi.

Yig'ilishda shuningdek bo'lim boshliqlari, buxgalteriya va boshqarmaning boshqa xodimlarining yillik hisobotlari tinglandi.

Yakunda Toshkent viloyatida sport sohasida o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatgan sport bo'limlari, bolalar-o'smirlar sport maktablari, viloyat federaciyalari xodimlariga Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining maxsus sovg'alari topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing