01 apr 15:40
Yangiliklar
Boshqalar
Sport talim muassasalarida masofaviy mashg'ulotlar davom etmoqda
Hozirgi vaziyatni inobatga olgan holda barcha sohalarda bo'lgani kabi sport sohasida ham karantin davrini mazmunli o'tkazish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Toshkent shahar Mirobod tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi hamda tuman hokimligi bilan birgalikda COVID-19 virusiga qarshi kurashish bo'yicha maslahatlar bermoqda.
Har kuni yarim soat jismoniy mashqlarni bajarish, sport bilan shug'ullanish bahorgi kasalliklarga qarshi immunitet hosil qilish, qon aylanishi jarayonini tezlashtiradi va insonni ruhan mustahkamlikka erishishga yordam beradi. Bundan tashqari, badan tarbiya tanada ortiqcha yog'larni hosil bo'lishining oldini oladi.
SHuningdek, tumandagi barcha sport talim muassasalari o'qituvchilari hamda sport inshootidagi trenerlar masofaviy mashg'ulotlarni o'tashmoqda.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar