So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

19 okt 17:08
Yangiliklar

Boshqalar

Sport trenerlari Rossiya bilan hamkorlikda tayyorlanadi

Xabaringiz bor, bugun mamlakatimizda Vladimir Putin boshchiligidagi Rossiya Federaciyasining delegaciyasi tashrifi doirasida birinchi "Rossiya-O'zbekiston talim forumi" tashkil etilmoqda.

Forum doirasidagi belgilangan dasturlar asosida joriy yilning 19 oktyabr kuni poytaxtimizdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Maxmudjon Boltabaev va Rossiyaning P.F.Lesgaft nomidagi jismoniy tarbiya, sport va salomatlik milliy davlat universiteti rektori Sergey Bakulev o'rtasida o'zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev ishtirok etdi. SHuningdek, turli sport turlari bo'yicha etakchi trenerlar hamda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya universitetining professor o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda sport sohasi bo'yicha ikki davlat o'rtasida hamkorlikni kuchaytirish, qishki sport turlari, sport menejmenti, psixologiyasi bo'yicha trenerlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish sohasida o'zaro tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi. Unga ko'ra, bir qator muhim yo'nalishlar bo'yicha o'zaro hamkorlik qilish bo'yicha kelishuvga erishildi. Xususan, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikda qo'shma diplom beriladigan fakultet va yurtimizda P.F.Lesgaft nomidagi jismoniy tarbiya, sport va salomatlik milliy davlat universitetining filialini ochish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

Tadbirda so'zga chiqqan Sergey Bakulev shunday dedi – “Yurtingizda Prezident SHavkat Mirziyoev tomonidan jismoniy tarbiya va sport rivojiga qaratilayotgan etibor hozirda o'z natijasini berib, o'zbek sportchilari jahon arenalarida yuqori o'rinlarni egallashmoqda. Bizning universitetda ham sportchi va trenerlar tayyorlash bo'yicha yuqori malakali mutaxassislar va katta ilmiy tadqiqotlar mavjud bo'lib, siz bilan o'zaro tajribani o'rtoqlashishga, hamkorlik qilishga tayyormiz”.

Uchrashuv kunida Sergey Evgenevich Bakulevga O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Ilmiy Kengashi qarori asosida "Faxriy professor" unvonini berildi.

Kun davomi Rossiyalik mehmon poytaxtimizdagi bir qator sport inshootlari va talim muassasalari faoliyati, yurtimizda sport bilan shug'ullanish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.

Malumot uchun: Sankt-Peterburg shahrida joylashgan P.F.Lesgaft nomidagi jismoniy tarbiya, sport va salomatlik milliy davlat universiteti nafaqat Rossiyada balkim jahonda o'z yo'nalishi bo'yicha etakchi oliy talim muassasalaridan biri hisoblanadi. 1896 yilda asos solingan universitetda bugungi kunga qadar 1700 dan ortiq xizmat ko'rsatgan sport ustalari va xalqaro toifadagi ustalari tayyorlangan. Universitetning 300 dan ortiq talabalari Evropa va jahon chempionatlarida g'olib va sovrindor bo'lishgan. Universitetda 400 ga yaqin pedagog xodimlar faoliyat ko'rsatib, ularning 76 foizi ilmiy daraja va unvonlarga ega. Professor o'qituvchilar orasidan olti nafari akademik va etti nafari turli ilmiy akademiyalar muxbir azosi, to'rt nafari Rossiya Federaciyasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi, qirqdan ortig'i fan doktori va professor, ikki yuzdan ortig'i esa fan nomzodi va docent hisoblanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing