So’nggi yangiliklar

12:25Оғир атлетикачиларимиз Эрондаги халқаро турнирга жўнаб кетди, мураббий — Руслан Нурудинов! 0 12:03Face-to face'да рақибидан шапалоқ еган Шоҳруҳ Холмуродовнинг собиқ чемпионга қарши жанги муддатидан аввал якунланди 0 11:41Канте Европага қайтиши мумкин 0 11:20Ёшлар ўртасидаги Осиё ўйинларининг навбатдаги мезбони бўлмиш Тошкентга OOК байроғи топширилди 0 10:59Фомин Хитойда сенсация кўрсатиб, финалга йўл олди! 0 10:38UFC Fight Night 263 турнири иштирокчилари вазн ўлчаш маросимида қатнашишди, жанглар бугун ўтказилади 0 10:16Мбаппе жорий мавсумдаги мақсадини айтди 0 09:54Таэквондо терма жамоамиз Жаҳон чемпионатини тарихий натижалар билан якунлади 0 09:30Бобур Қурбонов IBA'нинг қўлқопсиз жанглар турнирида иштирок этди 0 08:48"Бунчалик кўп ея олмайман". Махачев учта вазнда чемпион бўлиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 08:14Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" Шомуродовнинг голи эвазига ғалаба қозонди (ВИДЕО) 0 18:17UFC собиқ чемпиони Хабиб ва Алекс Перейранинг фаолияти ўртасидаги фарқ ҳақида гапирди 0 17:51Александр Волковнинг кейинги рақиби ким бўлиши мумкин? 0 17:25"Маракана" стадиони сотувга қўйилди 0 17:01Жон Жонс яна Оқ уйдаги турнир борасида Дана Уайтга мурожаат қилди 0

01 avg 08:46
Yangiliklar

Boshqalar

Sportchilar tanasidagi termoregulyator qanday ishlashi zarur?

Teglar :  SuvOrganizmSport
Kishi organizmini o'rtacha olganda, 80 foiz suv tashkil etadi.

Miya 75 foizdan 85 foizga qadar, mushaklar esa 70 foiz suvdan iborat va bu zaxira har doim bir xil muvozanatda ushlab turilishi shart. Ayniqsa, sportchilar tanasidagi o'z-o'zini sovitish tizimi (termoregulyator) barqaror ishlab turishida suvning o'rni juda katta.

O'rtacha vaznli inson tanasidagi muvozanatni barqaror ushlab turishi uchun sutkasiga 2 litr suv istemol qilishi shart. Mutaxassislar yoz kunlari sportchilarga o'rtacha 4 litr suv ichishni tavsiya qiladilar. CHunki sportchilar zo'riqish ostidagi mashqlarni bajarganlarida, organizmning suvga bo'lgan ehtiyoji oshib ketadi. SHuning uchun sportchi hech qachon suvdan o'zini tiymasligi kerak.

Quyida sportchilar uchun suyuqlik istemol qilish bo'yicha amaliy tavsiyalar keltirib o'tamiz:

Mashg'ulot yoki musobaqadan ikki soat oldin 500 ml suyuqlik ichish kerak, chunki yuklamadan oldin organizm o'ziga kerakli bo'lgan suv bilan to'yintirilish lozim.

Jismoniy mashqlar paytida har 15-20 daqiqada 150-300 ml suyuqlik istemol qilish tavsiya etiladi, chunki jismoniy mashqlar paytida organizmni suyuqlik so'rilish intensivligi har soatda 1 kg tana vazniga 10-15 ml atrofida bo'ladi.

Yuqori harorat yoki namlik sharoitida jismoniy faoliyat bilan shug'ullanish odatdagi miqdordan ko'proq suyuqlikni istemol qilishni talab qiladi.

Jismoniy mashqlar paytida chanqoqlik hissi tananing suyuqlikka bo'lgan ehtiyojining ishonchli ko'rsatkichi emas va jismoniy faoliyat paytida chanqoqlik hissi tana vaznining 2 foizga pasayishini aks ettirishi mumkin.

Jismoniy yuklama davrida istemol qilinadigan tarkibida uglerodli suv (4-8%li, yani 1 litr suvda 40-80 g uglevodlar) tanani energiya va suyuqlik bilan taminlaydi, bu esa organizmda suyuqlikning so'rilishini buzmaydi, shu bilan birgalikda fruktoza uglevodlarni asosiy manbai hisoblanmaydi.

Mashg'ulotdan so'ng, 1 kg “yo'qolgan“ tana vazniga 1 litr miqdorida suyuqlik ichish tavsiya qilinadi, bunga yana siydik orqali chiqib ketadigan suyuqlikni qoplash uchun yana 250-500 ml miqdorida suv ichish lozim.

Bir oz sho'r, salqin (10-12 ° C), hidli ichimliklar, shuningdek, shirinroq ichimliklarni o'zboshimchalik bilan istemol qilish suyuqlikni bo'lgan talabni oshishiga olib keladi.

Natriy, kaliy va xlor ionlari tanadan ter bilan chiqib ketadigan asosiy elektrolitlardir; Ularning yo'qolishini qoplash uchun siz maxsus “sport“ ichimliklar istemol qilishingiz yoki mashqdan keyin ichiladigan suyuqlikka ozgina tuz qo'shishingiz va kaliyga boy oziq-ovqat mahsulotlaridan (masalan, banan, apelsin, citrus sharbatlari, sabzavotlar) istemol qilishingiz mumkin.

Jismoniy mashqlar so'ng, uglevod-elektrolit tarkibidagi suv yoki ichimliklar yordamida tanadagi suyuqlik balansining to'liq tiklanishini taminlash kerak. Spirtli ichimliklar va kofeinni o'z ichiga olgan ichimliklar organizmdan suyuqlikni chiqishini kuchayishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun bu muvozanatni tiklash uchun etarli tasir ko'rsatmaydi.

Organizm etarli darajada suyuqlik bilan to'ldirilsa siydik ko'p miqdorda chiqadi va uning rangi och sariq rangda bo'ladi.

Gazlangan yaxna rangli ichimliklarni istemol qilish qatiyan man etiladi. Sportchilarga “Kola”, “Fanta” va boshqa gazli ichimliklar ichish taqiqlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing