So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

19 may 18:38
Yangiliklar

Boshqalar

Sportchilar uy sharoitida mashg'ulotlarga zo'r berishmoqda + FOTO

Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga qarashli sport talim muassasalarida karantin davrida sportchi-o'quvchilar uy sharoitida murabbiylari tomonidan berilayotgan yuklamlarni bajarishmoqda.

Jumladan, viloyat boshqarmasi tasarrufidagi sportning yakkakurash turlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari ham uy sharoitida masofadan turib trenerlari ko'rsatmalariga amal qilgan holda mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. 

Aytish kerak, ushbu sportning yakkakurash turlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi shug'ullanuvchilarining ko'pchiligi milliy terma jamolar safida yurtimiz sharafini himoya qilishadi. 

Mazkur sport maktabida boks, dzyudo, og'ir atletika, erkin kurash, yunon-rum kurashi, karate, taekvondo (VTF), kurash, qo'l jangi, velosport, o'q otish, ot sporti turlari mavjud bo'lib, 700 nafardan ortiq sportchilar 50 nafar tajribali murabbiylar qo'l ostida mahoratlarini oshirib borishadi.  

Birgina yaqin ikki yil ichida xalqaro turnir va musobaqalarda qo'lga kiritilgan natijalari tahsinga loyiq. Sport maktabi direktori Rahmatilla Karataevning takidlashicha, medallar shodasi endilikda oshsa oshadiki, ko'rsatgichlar aslo pasayib ketmaydi.

Ulkan maqsadalari sari odimlayotgan sport maktabi yoshlari karantin sabab uyda. Biroq mashg'ulotlar rejaga ko'ra masofa orqali davom ettirilmoqda. 

Quyida yuksak marralarni ko'zlagan sportchilarning uyda turib trenerlari ko'rsatmalariga amal qilayotgan paytdagi suratlari aks etgan jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing