So’nggi yangiliklar

14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0

03 fev 11:38
Yangiliklar

O'q otish, Boshqalar

Sportchilarimizga kerakli vitaminlarni o'zimiz tayyorlaymiz

Sportchilarning yuqori natijalar qayd etishida qo'shimcha biologik ozuqalar, vitaminlarning o'rni katta ekani yaxshi malum.

Sir emaski, terma jamoalarimiz ishlatadigan aksariyat ana shunday vositalar xorijiy kompaniyalarda ishlab chiqariladi. Bugun MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov Qo'mita qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi rahbariyati bilan mazkur sohaga yanada kuchli etibor berish mavzusida uchrashuv o'tkazdi. Unda Qo'mita raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov va Markaz direktori Abdushukur Sadikov, shuningdek, ushbu markaz mutasaddilari ishtirok etishdi.

“Dunyoda har bir soha shiddat bilan rivojlanib bormoqda. SHu jumladan, sport farmacevtikasi ham. Terma jamoamiz vakillari qanday vositalarni qabul qilishayotganini yana bir karra o'rganib chiqish lozim. Ayniqsa, WADA ro'yxatidagi taqiqilangan va hududimizda ko'p uchraydigan dori vositalari haqida sportchi va murabbiylar uchun seminarlar tashkil qilinglar”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

SHuningdek, suhbatda sohani rivojlantirish uchun bir qator tegishli topshiriqlar berildi. Jumladan, jamoalarda foydalaniladigan preparatlar tarkibini o'rganib, uni mahalliy sharoitda ishlab chiqarish bo'yicha O'simlik moddalari kimyosi instituti olimlari bilan hamkorlik qilish kerakligi aytildi. SHuningdek, asosan ko'p talab bo'ladigan mashg'ulotdan so'ng yurakning tiklanishida, suyaklardagi kalciyning o'rnini qoplovchi va mushaklar elastikligini oshiradigan dori vositalarni ham yurtimiz sharoitida ishlab chiqarishni o'rganish bo'yicha ko'rsatma berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing