26 avg 17:04
Yangiliklar
Eshkak eshish
Sportchimiz CHexiyadan sovrindor bo'lib qaytdi
Joriy yilning 23-27 avgust kunlari CHexiyaning Rasice shahrida para-kanoe sport turi bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tdi.
Mazkur chempionatda ayollar o'rtasida kechgan bahslarda ishtirok etgan paralimpiyachimiz SHaxnoza Mirzaeva yurtimiz sharafini ximoya qildi.
SHaxnoza Mirzaeva 200 metr masofani 51.778 natijasi bilan bosib o'tib, faxrli 2-o'rinni egalladi va kumush medali sohibasiga aylandi. SHiddatli kechgan bahslarda 1-o'rin avstraliyalik sportchi Amanda Reynolds (50.344) ga nasib etgan bo'lsa, 3-o'rinni Ruminiyalik sportchi Mixaella Lulea (52.033) egalladi.
Endi O'zbekistonlik para-kanoechilar joriy yilning sentyabr oyida Samarqand shahrida o'tkaziladigan Osiyo Kubogiga qizg'in hozirlik ko'radi.
Paralimpiya associaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar