23 avg 12:32
Yangiliklar
Paralimpiya
Toshkent shahri mezbonlik qiladigan 2027 yilgi Jahon chempionati logotipi elon qilindi
Xabaringiz bor, poytaxtimiz 2027 yilda para engil atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi dunyo birinchiligiga mezbonlik qiladi.
O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi musobaqa ramzi bo'lmish logotipni elon qildi.
"Toshkent — jahon para engil atletikasi markaziga aylanadi!
Bir shahar. Bir harakat. Bir buyuk maqsad.
2027 yilda Toshkent shahri para engil atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi!
Bugun esa ushbu tarixiy musobaqaning rasmiy ramzlaridan biri — turnir logotipini sizga taqdim etamiz.
TOSHKENT 2027 — bu shunchaki chempionat emas. Bu — yangi marralar, yangi qahramonlar va butun dunyoga O'zbekistonning mehmondo'stligi hamda sport salohiyatini namoyon etadigan ulkan voqea.
CHempionlar Toshkentda tarix yozadi!", deyiladi xabar izohida.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar