So’nggi yangiliklar

12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0 10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0 10:11UFC 330 турнири иштирокчилари жанглардан қанча гонорар ишлаб олишгани маълум бўлди 0 09:39"Ланс" ПСЖни мағлуб этиб, Франция Суперкубоги соҳибига айланди 0 09:00Хабиб Махачевнинг кечаги ғалабасига илк бор муносабат билдирди 0 08:23Grand Chess Tour: Синдаров 6-турда пешқадамлардан бири Каруана билан ўйнади 0 07:57Махачев Гэрри билан тўқнашув ҳақида: "Бир неча сонияга "юлдузчалар" кўринди" 0 07:32"Башакшехир" мавсумни ғалаба билан бошлади, Шомуродовда гол, Файзуллаевда ассист + ВИДЕО 0 21:20Хабиб Дана Уайтнинг 102 кг вазнга эга экани ҳақидаги баёнотига жавоб қайтарди 0 20:56Рамазон Темиров: "Дуо қилиб туринглар!" + ФОТО 0 20:24"Вазни 102 кг". Дана Уайт Хабибнинг UFC`га қайтиши эҳтимоли ҳақида 0 19:53Ҳакамликдаги инқироз ва ечим: бизга “тийиб туриш” механизми керак! 0 19:27Махачев — Йен Гэрри жанги статистикаси: зарбалар ва аниқлик фоизи, Мачадо 11 та кўпроқ зарба йўллабди 0

23 sen 13:40
Yangiliklar

Boshqalar

Sportga oid qaror loyihasi muhokamaga qo'yildi

Teglar :  Sport vazirligi
Ommaviy sportni rivojlantirish va sog'lom turmush tarzini har bir fuqaroning hayotiga kiritishga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida qaror loyihasi muhokamaga qo'yildi.

Bugun, 23 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy sportni rivojlantirish va sog'lom turmush tarzini har bir fuqaroning hayotiga kiritishga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi.

Malumki, Hukumatimiz tomonidan koronavirus infekciyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat ko'rsatishining barqarorligini taminlash yuzasidan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Muhokamaga qo'yilgan qarorga muvofiq, O'zbekistonda global pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatish hamda aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishga jalb etish orqali aholida kasallikka qarshi immun tizimini shakllantirish, kasallikdan keyingi davrda tiklash va reabilitaciya ishlarini tashkil etish hamda aholining sog'lom turmush tarzi garovi sifatida to'g'ri ovqatlanish targ'ibotini kuchaytirish maqsad qilingan.

Unga ko'ra, “Pandemiyani sport orqali engamiz!” g'oyasini o'zida mujassam etgan O'zbekiston Respublikasida 2020-2021 yillarda sport siyosatini jadallashtirish dasturi tasdiqlanadi. SHuningdek, Respublikada aholi o'rtasida ommaviy  sportni rivojlantirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishning ustuvor yo'nalishlari etib – sportning yurish, yugurish, mini futbol, velosport, badminton, voleybol, stritbol, fitnes, “Workout” — mahalla (ko'cha) fitnesi turlari belgilab olinishi ko'zda tutilgan va bu sport turlarining mamlakatimizning har bir hududida rivojlanishi uchun tegishli mutasaddilar masul sifatida tayinlanadi.

Bundan tashqari qarorda 2021 yildan boshlab sentyabr oyining uchinchi yakshanbasi respublika bo'yicha “Avtomobilsiz kun” deb elon qilinadi hamda shu kuni avtomobilda harakatlanish taqiqlanadi.

SHuningdek, qaror bilan O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan Ommaviy sportni rivojlantirish va sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tashkil etiladi. Jamg'arma mablag'larining shakllantirilish manbasi va uning qanday maqsadlarda sarflanishi hamda bir qator boshqa loyihalarning amalga oshirilishi bo'yicha to'liq malumot bilan quyidagi havola (https://regulation.gov.uz/uz/document/22513) orqali tanishishingiz mumkin.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing