So’nggi yangiliklar

19:44Ҳусанов "Манчестер Сити"да мавсум футболчиси бўлишга даъвогарлик қилмоқда 0 19:23"Америкалик ватанпарвар сифатида айтаманки - Чимаев ғалаба қозонганди" - Сехудо 0 19:02"Ҳар бир ҳақорат учун жавоб берасан!". Имавов Стриклендга мурожаат қилди 0 18:41Инсайдер Макгрегорнинг кейинги жанги деярли аниқ эканлигини айтди 0 18:20Энцо Мареска "Ман Сити"да Хосеп Гвардиола ўрнини эгаллаши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 17:59Арман Царукян Хамзат Чимаевни мағлуб этгани учун 50 000 доллар тўлайди 0 17:38Белал Муҳаммад: "Чимаев улар туфайли мағлуб бўлди" 0 17:17"Уни фоҳиша дейишимни истайсизми?" Ронда Роузи Карано билан жанг ҳақида фикр билдирди 0 16:56Моуринью "Реал"га иккита талаб қўйди: Мбаппенинг тақдири маълум 0 16:35Чимаев мағлубиятидан кейин UFC`нинг энг яхши жангчилари рейтингида яхшигина пастлади 0 16:25UFC Нурсултон Рўзибоевнинг жангини расман эълон қилди (+ПОСТЕР) 0 16:14Навоийда белбоғли кураш бўйича мамлакат чемпионати ўтказилади 0 15:53Волковда UFC чемпионлиги учун жанг ҳақида кутилмаган тан олиш 0 15:32Флик чемпионлик унвонидан сўнг "Барселона" билан янги шартнома имзолади 0 15:11Эргашев Ғиёсовнинг чемпионлик жанги ҳақида: "У мана шу жангини ютса..." (+ФОТО) 0

13 fev 12:30
Yangiliklar

Boshqalar

Sportga oshno maskan - kollej sportiga bir nazar

Teglar :  SportKollej
Bilasiz, o'smirlikning ayni depsingan pallasi o'n besh – o'n olti yoshdan nomoyon bo'la boshlaydi.

Bunday paytda farzandlarimizning bo'sh vaqtlarini  biror bir foydali mashg'ulot sari yo'naltirish har birimizning vazifamiz. Birgina jismoniy tarbiya va sport bilan oshno bo'lishi ularning turli salbiy illatlardan himoya qilibgina qolmay, aksincha sog'lom, jismonan kuchli va manaviyati yuksak bo'lib kamol topishida xizmat qilishi bor gap.


Talim muassasalarida tahsil olayotgan o'quvchi-yoshlarning darslardan bo'sh paytlarini mazmunli o'tkazishda tashkil etilgan to'garaklarning o'rni ham muhim ahamiyat kasb etadi.


CHirchiq  texnika kasb-hunar kollejida ayni paytda 1500 nafardan ortiq o'quvchilar turli kasb-hunarlar bo'yicha tahsil olishadi. Kollej hovlisidagi batartib mini-futbol, engil atletika kabi sport maydonchalari, keng va shinam sport zali doim o'quvchilar bilan gavjum. Boisi, yuqorida takidlaganimizdek, sportning voleybol, engil atletika, basketbol, stol tennisi, shaxmat to'garaklari  muntazam ishlab turibdi. To'g'ri, mazkur tashkil etilgan to'graklarda ishtirok etayotgan o'g'il-qizlar professional sportchi darajasiga ko'tarilmas biroq, sog'lom turmush tarzini teranroq anglab borishi shubhasiz. Qolaversa, muntazam mashg'ulotarda ishtirok etayotgan sportchi-o'quvchilar  turli darajadagi sport bellashuvlarida muvaffaqiyatlarga erishishlari uchun  sabab bo'lishi yanayam quvonarli. Kollejning jismoniy tarbiya fani bo'yicha katta o'qituvchi Abdilhakim Jumaevning takidlashicha, talim muassasasida voleybol, stol tennisi boshqa sport turlariga nisbatan ommalashgan. Boisi, kollejlar o'rtasidagi shahar va viloyat birinchiliklarida voleybol va stol tennisidan natijalar ko'pligining o'ziyoq fikrimizni isbotlab turibdi. Nurjan Urazov, Umid Zaitov. Husan Najmiddinov, Salohiddin Mahmudboev, Asad Husniddinov, Aygirim Saparova, Rohila Yo'ldosheva  (voleybol), Abdisaid Husanov, SHohjahon Gulmatov, Maftuna Razzoqberdieva  (stol tennisi) singari sportchi-o'quvchilar o'tkazilayotgan bellashuvlardan sovrinsiz qaytishmasligini ularning ustozlari faxr bilan takilashadi. Omongul Yusupbaeva (Jismoniy tarbiya rahbari), Abdilhakim Jumaev (katta o'qituvchi), Rustamjon Gimaevlardan iborat jismoniy tarbiya o'qituvchilari allaqachon o'quvchilarning eng sevimli ustozlari qatoriga kirgan. To'g'ri sport sohasida kamchilik va muammolar ham yo'q emas. Lekin yuzaga kelishi mumkin kamchilik va muammolar kollej direktori Begali Sobirov rahbarligida  tezda o'z echimini topilishga ham erishiladi. Bayram sanalarida sport bellashuvlari o'tkazilishi odat tusiga kirgan. Har yili 7 aprel - Butunjahon salomatlik kunini o'quvchilar intiqlik bilan kutadi. Boisi, xuddi shu kuni kollejda sport bayrami tashkil etiladi. O'qituvchi va o'quvchilar “Alpomish va Barchinoy” test-sinovlarini topshirishadi.   

Darvoqe, katta o'qituvchi Abdilhakim Jumaevni ko'p yillardan beri taniyman. Jonkuyar va tirishqoq odam. Mohir pedagog. Asli Surxondaryo viloyatning  Oltinsoy tumanida tug'ilgan A. Jumaev Termiz davlat pedagogika institutini jismoniy tarbiya fakultetini tamomlagandan (1989-1993 yillar) buyon,  aynan o'rta maxsus, kasb - hunar talimi tizimida jismoniy tarbiya fanidan yoshlarga saboq berib keladi.  Talabalik paytlari institutning voleybol va qo'l to'pi jamoalarida bir necha bor sovrinlarni ham qo'lga kiritgan.  Qaerda ishlamasin, jismoniy tarbiya va sportga oid Qaror va Farmonlar bo'ladimi, “Barkamol avlod” sport o'yinlari taqvim rejasi bo'ladimi,  Olimpiada yoki “Alpomish va Barchinoy” test-sinovlarimi, barchasini stentd holida sport burchagi yaratadi. Yosh o'qituvchilarga tajribadan kelib chiqib, ilmiy yondoshishdan charchamaydi. 2014 yildan kollejlar o'rtasida voleybol bo'yicha CHirchiq shahar terma jamoasi murabbiyi sanaladi. Xullas, bugun zamon bilan hamnafas bo'lib mehnat qilayotgan murabbiy-o'qituvchilar shogirdlar ardog'ida. Ana, bugun ham ustoz va shogirdlar   “Yulduzlar yog'dusi” deb nomlangan musobaqaga shoshilyapti. Yoshlarimizga omad yor bo'lsin!

Ilhom RAHMONOV

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing