So’nggi yangiliklar

16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0

27 fev 16:33
Yangiliklar

Boshqalar

Sportni ommalashtirishda xalqaro tajribadan foydalanish masalasi muhokama qilindi

Teglar :  Ommaviy sport
26 fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining o'rinbosari Elbek SHukurov Litva sport universitetining rektori, professor Diana Reklaytene boshchiligidagi delegaciya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama sport bo'yicha aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish va sportni yanada ommalashtirish yuzasidan fikr almashishdi. SHuningdek, sportni targ'ib qilishda sportga ilmiy metodik yondashuv hamda bu borada mutaxassislarni ko'paytirish masalasi va ularning mahorat darajalarini yaxshilash borasida ikki tomonlama hamkorlik masalasi ko'rib chiqildi.

Uchrashuvda tomonlar sportning nafaqat xalqaro maydondagi yutuqlar uchun, balki har bir insonning salomatligi uchun zaruriy omil ekanligini alohida qayd etishdi. Bu borada aholining keng qatlamlarini sportga jalb etish va ularga zaruriy sharoitlar yaratib berilishi masalalari muhokama etildi.

Sportni ommalashtirishda Evropa tajribasidan foydalanish, ularning bu borada amalga oshirgan ishlarini yaqindan o'rganish va amaliyotga tatbiq etish borasida tomonlarning fikrlari tinglandi. Bu borada Diana Reklaytene xonim oxirgi 20 yil ichida sportni ommalashtirish va sport sohasida arzirli yutuqlarga erishib kelayotgan Islandiya va Finlandiya tajribasidan foydalanishni taklif sifatida kiritdi.

Uchrashuv yakunida Elbek SHukurov O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti va Litva sport universiteti o'rtasida yaqindan hamkorlikni yo'lga qo'ygan holda universitet bilan uzoq muddatli aloqalar o'rnatish va O'zbekistonda qo'shma fakultetlar ochish taklifini bildirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing