So’nggi yangiliklar

15:55"Барселона" Италия терма жамоаси футболчисини кузатмоқда 0 15:34Чарльз Оливейра: "Бу сафар Конорга ишонаман" 0 15:13Octagon League Одилхон ва Камил Каратэ ўртасидаги трилогияни эълон қилди (ПОСТЕР) 0 14:52Камару Усман Исраэл Адесаньяга ишонади 0 14:31Тартиб-интизом қўмитаси қарорлари: "Қўқон-1912" мураббийи, "Навбаҳор" ҳамда бир неча футболчига чора кўрилди 0 14:10Макгрегор бокс жанги ўтказди, унда иккита нокдаун қайд этилди (ВИДЕО) 0 13:49Grenke Chess Festival 2026. Икки Нодирбек ва Шамсиддинда юз фоизлик натижа 0 13:28Пакьяо Мейвезер билан реванш бўйича баёнотга жавоб қайтарди 0 13:07Пеп Гвардиола "У бутун АПЛнинг ҳақиқий афсонаси" 0 12:46Олимпиада чемпиони Аспиналл ва Ган билан рақобат қила олишини айтди 0 12:25Кроуфорд рингга қайтиш масаласи бўйича қатъий фикр билдирди 0 12:04"Номзодлар турнири". Синдаров кетма-кет учинчи марта турнинг энг яхши шахматчиси! 0 11:43"Манчестер Сити"нинг "Ливерпуль"га қарши учрашуви учун тахминий таркиби маълум 0 11:22Дмитрий Бивол яна бир чемпионлик камаридан маҳрум бўлиши мумкин 0 11:01Афсонавий Гарри Каспаров Синдаровнинг иштирокига баҳо берди + ФОТО 0

12 jan 12:15
Yangiliklar

Futbol

Srechko Katanec va O'zbekiston MTJ azosida koronavirus aniqlandi

Teglar :  Srechko Katanec
O'FA O'zbekiston milliy terma jamoasidagi Covid-19 bilan bog'liq vaziyat haqida bayonot berdi.

Bugungi kunda yana tez suratlarda tarqalayotgan koronavirus infekciyasi futbol olamiga ham o'z tasirini o'tkazmoqda. SHu jumladan, O'zbekiston milliy terma jamoasini ham Covid-19 bilan bog'liq vaziyat chetlab o'tmadi.

Xususan, milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanec Dubaydagi yig'inga Sloveniyadan etib kelishi rejalashtirilgan edi. Biroq, bevosita ketish oldidan topshirilgan test musbat natijani keltirib chiqargan. SHu tariqa, sloveniyalik mutaxassis o'z yurtida karantin o'tashga majbur bo'ldi. Umid qilamizki, karantin davri tugagach, murabbiyimiz o'z sog'lig'ini tiklagan holda terma jamoa boshqaruviga qaytadi. Unga qadar Katanesning yordamchi murabbiylari yig'inning boshlang'ich qismida terma jamoani boshqarib turadi.

SHuningdek, jamoamiz Dubay shahriga etib borgach, delegaciyaning barcha azolari PCR test topshirgan. Testlar natijasiga ko'ra, Hojimat Erkinovda musbat javob qayd etilgan. SHu sababli u belgilangan tartibda, jamoadan ajratilgan holga karantin o'tashni boshladi. Karantin muddati yakuniga etgach, futbolchimiz qayta test topshiradi va natijadan kelib chiqib keyingi mashg'ulotlari reja qilinadi", - deb xabar berdi O'FA rasmiy sayti. 


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing