13 iyu 14:56
Yangiliklar
Futbol
Srechko Katanec Jahon chempionati oldidan o'zbekistonliklarga murojaat yo'lladi
O'zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanec 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan o'zbekistonliklarga murojaat qildi.
"Barcha o'zbekistonliklarga faqat bitta murojaatim bor: turnirda jamoadan juda ko'p narsa kutmang, chunki bunday miqyosdagi ilk musobaqada yuqori natijalarga erishish juda qiyin. Bularning barchasi rivojlanishning bir qismidir. Sizlardan faqatgina har lahzadan zavq olishingizni so'rayman", – dedi sloveniyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Srechko Katanec uch yarim yillik faoliyatidan so'ng salomatligidagi muammolar sababli O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimini tark etgandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar