27 iyu 09:10
Yangiliklar
Futbol
Srna Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Dario Srna mamlakat bosh jamoasidagi faoliyatini yakunladi.
“Franciyada davom etayotgan Evro – terma jamoadagi so'nggi musobaqam. Hammaga rahmat aytmoqchiman. Men terma jamoada boshqa o'ynamayman. Endi asosiy vaqtimni oilamga bag'ishlayman. SHuningdek, “SHaxtyor”dagi faoliyatimga ham etibor qarataman. Katta futboldagi faoliyatimni aynan shu erda yakunlamoqchiman”, - dedi Srna.
34 yoshli futbolchi Xorvatiya terma jamoasi tarkibida 134ta uchrashuvda maydonga tushgan. Portugaliyaga qarshi 1/8 final doirasida o'tkazilgan o'yin uning terma jamoadagi so'nggi uchrashuvi bo'ldi.
Havola :
Manba : Croatia Week
Fikrlar