So’nggi yangiliklar

10:13Алишер Усмонов АПЛ жамоасини сотиб олмоқчи — talkSPORT 0 09:42Сузувчи Илья Сибирцев яна Ўзбекистон рекордини янгилади 0 09:18Жаҳон чемпионатининг илк кунида икки боксчимиз рингга чиқиб, ҳар иккиси ғалабага эришди 0 08:45Волкановски UFC ярим енгил вазн дивизионидаги энг хавфли жангчи кимлигини айтди 0 07:30СССР терма жамоасининг собиқ дарвозабони иттифоқ даврида келишилган ўйинлар қандай ташкил этилганини айтди 0 00:24Баҳодир Жалолов эртанги жанги олдидан англиялик рақиби билан биринчи марта юзма-юз келди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 21:06Диёра Келдиёрова иштирок этадиган Aktau Asian Open 2026 турнирига қуръа ташланди 0 20:25“Анжи” собиқ бош мураббийи “Ғазалкент”га таклиф этилди 0 19:54"Бу жангни беш мартача қайта кўрдим". Сауль Альварес Кроуфорддан учралган мағлубият ҳақида гапирди 0 19:23"Топурия энди аввалгидек бўла олмайди" - Пэдди Пимблетт 0 18:52Фьюри ва Жошуа WBA Super камари учун жанг қилади — Фрэнк Уоррен 0 18:21Бундеслигада сермаҳсуллик рекорди ўрнатилди 0 17:50Баҳодир Жалолов жанг қиладиган Лондондаги бокс оқшомининг тўлиқ карди билан танишинг 0 17:19Фомин Хитойдаги турнирининг 1/2 финалида ўйнайди 0 16:48Волкановски фаолиятидаги сўнгги жангни кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0

17 okt 07:30
Yangiliklar

Futbol

SSSR terma jamoasining sobiq darvozaboni ittifoq davrida kelishilgan o'yinlar qanday tashkil etilganini aytdi

Teglar :  SSSR
SSSR terma jamoasining sobiq darvozaboni Aleksandr Uvarov Sovet Ittifoqi chempionatida kelishilgan uchrashuvlar bo'lganini malum qildi.

 U intervyu davomida bunday o'yinlar bilan bog'liq bir nechta voqealarni esladi. 

— Faoliyatingiz davomida biror marta kelishilgan o'yinda ishtirok etmaganmisiz?

— Nima bilan qasam ichishim kerak bo'lsa ham, yo'q! Hech qachon ishtirok etmaganman. Agar butun jamoa kelishgan bo'lsa, unda men ham qatnashgan bo'laman. Bir marta shunday o'yin bo'lgan, lekin kelishuv haqida faqat keyin, menga pul olib kelishganida bildim.

— Qanday o'yin edi?

— Kievda “Dinamo”ga qarshi o'ynagan edik.

— Adashmasam, 0:5 hisobidagi mag'lubiyatmi?

— Yo'q, 1:2 hisobida yutqazganmiz. U erda kulgili vaziyat yuz bergan. Gazzaev 40 metrlardan to'pni darvoza to'qqizligiga joyladi. Keyin esa tomosha boshlandi: qandaydir penaltilar...

Kiyinish xonasida menga 200 yoki 250 rubl berishdi. Hayron bo'lib: “Nima uchun?” deb so'radim. “So'rama”, deyishdi. Men ham boshqa savol bermadim.

Ammo Kievda 0:5 hisobida mag'lub bo'lganimiz aniq kelishilgan o'yin emas edi. Kelishilgan uchrashuvlar bunday o'tmaydi.

— Bizda kelishilgan o'yinlarga oid ikkita voqea bor. Siz ularga izoh bersangiz.

— Qani, aytavering!

— Boris Pozdnyakov Kutaisidagi o'yin haqida gapirgan edi. Har bir futbolchiga 500 rubldan pul olib kelishgan: “Pulni sizlarga beramiz yoki hakamlarga. O'zingiz hal qilinglar”, deyishgan. Ovoz berish boshlangan. “Men, Stukashov va Prudnikov qarshi chiqdik, qolganlar esa rozi bo'lishdi. Ammo hakamlar bilan baribir kurasha olmasligimizni, yutqazishimizni tushunib, pulni oldik”, degan edi u.

— Buni birinchi marta eshityapman!

— Rostdanmi?

— Men boshqa voqeani bilaman. Dushanbe shahriga borganimizda darvozabon Manannikov katta bir paketni ko'tarib keldi. Men bunchalik ko'p pulni hech qachon ko'rmagan edim.

— Pulni sizga olib kelganmidi?

— Ha. Men unga: “Bu menga tegishli masala emas, yigitlarning oldiga bor”, dedim. Oxir-oqibat paket rostovlik hakam Timoshenkoning qo'liga o'tdi. U penalti belgiladi — to'p maydon markazida turgan paytda! Biz 0:1 hisobida mag'lub bo'ldik. Qani, keyingi voqeangizni ayting.

— Bu voqeani Aleksey Prudnikov aytib bergan. Uyda Kutaisining “Torpedo” jamoasiga mag'lub bo'lishganidan keyin Eduard Malofeev kiyinish xonasida Prudnikovga tashlangan: “Nega o'yinni sotding?” Prudnikov esa: “Men zaxirada o'tirgan edim-ku”, deb javob bergan. Malofeev: “Nima bo'pti? Sen jamoa sardorisan!” degan ekan.

— Eduard Vasilevichning o'ziga xos fikrlash tarzi bor edi. Hamma narsaga “shashka yalang'ochlab” tashlanardi. Rostini aytsam, Kutaisi bilan o'yin kelishilgan bo'lgan deb o'ylamayman. Garchi... Hozir har qanday ehtimolni istisno qilmayman!

— Sizni bunday ishlardan xabardor qilishmaganmi?

— Yo'q.

Reyting:    

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing