So’nggi yangiliklar

10:44Шоҳжаҳон Эргашев, Умар Кремлёв, "Сатурн" ва бошқалар. IBA Nomad турнири олдидан face-to-face ва вазн ўлчаш маросими ўтказилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:13Алишер Усмонов АПЛ жамоасини сотиб олмоқчи — talkSPORT 0 09:42Сузувчи Илья Сибирцев яна Ўзбекистон рекордини янгилади 0 09:18Жаҳон чемпионатининг илк кунида икки боксчимиз рингга чиқиб, ҳар иккиси ғалабага эришди 0 08:45Волкановски UFC ярим енгил вазн дивизионидаги энг хавфли жангчи кимлигини айтди 0 07:30СССР терма жамоасининг собиқ дарвозабони иттифоқ даврида келишилган ўйинлар қандай ташкил этилганини айтди 0 00:24Баҳодир Жалолов эртанги жанги олдидан англиялик рақиби билан биринчи марта юзма-юз келди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 21:06Диёра Келдиёрова иштирок этадиган Aktau Asian Open 2026 турнирига қуръа ташланди 0 20:25“Анжи” собиқ бош мураббийи “Ғазалкент”га таклиф этилди 0 19:54"Бу жангни беш мартача қайта кўрдим". Сауль Альварес Кроуфорддан учралган мағлубият ҳақида гапирди 0 19:23"Топурия энди аввалгидек бўла олмайди" - Пэдди Пимблетт 0 18:52Фьюри ва Жошуа WBA Super камари учун жанг қилади — Фрэнк Уоррен 0 18:21Бундеслигада сермаҳсуллик рекорди ўрнатилди 0 17:50Баҳодир Жалолов жанг қиладиган Лондондаги бокс оқшомининг тўлиқ карди билан танишинг 0 17:19Фомин Хитойдаги турнирининг 1/2 финалида ўйнайди 0

01 may 16:59
Yangiliklar

Xokkey

Sport haqida film: 17-raqamli afsona

Teglar :  XokkeySSSRVarlamov
Butun dunyo kinematografiyasi har doim sport tadbirlaridan ilhomlanib kelgan va musobaqalar filmlari bu yo'nalishdagi asosiy sanat sifatida ajralib turadi.

Bu sport odamlar hayotida muhim rol o'ynashidan dalolat beradi, demakdir.

Bugun siz bilan 2013 yilda rejissyor Nikolay Lebedev tomonidan suratga olingan sobiq SSSRning eng mashhur xokkeychilaridan biri – Valeriy Xarlamovning shakllanishi va muvaffaqiyat yo'liga bag'ishlangan «17-raqamli afsona» filmi haqidagi malumotlarni baham ko'ramiz.

Ushbu film «bayopik» (biopic) janrida yaratilgan bo'lib, mashhur xokkeychining bolaligi va o'smirligidan tortib, afsonaviy «Kanada–SSSR superseriyalari»da sovet jamoasi kanadaliklarni o'z uyida sensacion tarzda mag'lub etgani haqidagi voqealarni hikoya qiladi.

Ushbu bellashuvda o'zining texnik va keskin uslubida ikkita gol urgan «17-raqamli afsona» Valeriy Xarlamov kashf etildi.

Film bo'lajak «afsonaning» onasi tug'ilib o'sgan Ispaniyadagi shahar ko'rsatilishidan boshlanadi. SHaharda buffonada bayrami, hamma xursand. Mana, kichik Valeriy tasodifan buffonada maydoniga yugurib ketdi. Onasi vahima ichida uning orqasidan yuguradi. To'satdan, Valeriyning havaskor matador tog'asi, ishonch va xotirjamlik bilan deyarli raqsga tushib, buqa etiborini o'ziga qaratadi va plashi bilan nafis harakat qilib, uni tinchlantirgancha bolani «jang»ning qoq markazidan chiqarib oladi.

Ushbu epizod biz uchun metafora bo'lib xizmat qiladi va Xarlamov «qoni» kimga borib taqalishini eslatib qo'yadi. U tog'asi singari xotirjam va «matador» kabi hiylagar bo'ladi, ammo faqat muz maydonida.

Bundan tashqari, biz SSSRdagi voqealarga ko'chib o'tamiz, u erda yosh Xarlamov turli kichik klublarda o'ynab, o'z uslubini topadi va xokkey hayotining ajralmas qismi ekanligini tushunadi. Bunga parallel ravishda, uning shaxsiy hayotida ziddiyat rivojlanib boradi va bolaligidan keyin hech qachon ko'rmagan onasi bilan munosabatlarda haqiqiy ispancha «ehtiroslar» bo'y ko'rsata boshlaydi. Xarlamovni ulg'ayishi oson kechmagan, ammo hayotidagi bunday «bo'ronlar» SSSRning «oltin» jamoasini ilhomlantiruvchi hujumchisini tarbiyalab berdi.

Filmda afsonaviy murabbiy Tarasov sportchi bilan qanday tanishgani alohida ko'rsatilganini takidlash kerak. U Valeriyning istedodini payqaydi, lekin uzoq vaqt davomida asosiy jamoada musobaqalarga olib ketmaydi va hatto uni «masxara qilib,» qatiyatini sinovdan o'tkazadi. Keyinchalik Tarasovning taktikasi ish beradi va Xarlamov shov-shuv qila boshlaydi.

Aktyorlarning ajoyib ijrosi (yulduzli tarkib – Danila Kozlovskiy, Oleg Menshikov, Vladimir Menshov va Svetlana Ivanova), gollivudcha maxsus effektlar, filmning ilk daqiqasidan tuyg'ularni junbushga keltiradigan afsonaviy xokkey o'yinchisining shaxsiyatiga xos ajoyib syujet va xokkey shunchaki o'yin emas, balki milliy g'oya degan tushunchaga olib keladi.

Bularning barchasi – «17-raqamli afsona» filmida aks etgan, ko'ring, ketgan vaqtingizga afsuslanmaysiz!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing