28 jan 14:18
Yangiliklar
Tennis

St. Petersburg Ladies Trophy. Bugun Sabina dunyoning 454-raketkasiga qarshi kortga chiqadi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida start olgan nufuzli turnirning saralash bahslarida ishtirok etyapti.
Turnirning sovrin jamg'armasi 799 000 dollarni tashkil qiladi. Hamyurtimiz kecha 2 soatu 39 daqiqa davom etgan saralashning ilk davrasida ispaniyalik Lara Arruabarrena-Vesinoni 3:6, 7:6(7:4), 7:5 hisobida mag'lub etgan edi.
Bugun SHaripova saralashning ikkinchi davra uchrashuvida rossiyalik Elena Ribakinaga qarshi kortga chiqadi. Ushbu bahsning boshlanishi Toshkent vaqti bilan soat 16:00ga belgilangan.
Taqqoslash
uchun, saralashning oltinchi raketkasi sifatida harakat qilgan Lara dunyo reytingida
87, Sabina 176, Ribakina esa 454-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar