18 iyu 12:35
Yangiliklar
Futbol

Starrij "Benevento"ga o'tishga yaqin
Hozirda erkin agent maqomida bo'lib turgan angliyalik hujumchi Daniel Starrij faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Bu haqda jurnalist Nikolo Skira "tvitter"dagi sahifasida xabar bermoqda.
Xabarlarga ko'ra, 30 yoshli futbolchi "Benevento" bilan muzokaralar olib bormoqda. Tomonlar 3 yilga mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma tuzishlari mumkin.
Eslatib o'tamiz, Starrijning so'nggi klubi "Trabzonspor" bo'lgan edi. Daniel ushbu jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 16ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 4ta assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar