30 avg 13:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Statistikaga ko'ra Xrgovich jang to'xtatilgan vaqtda Itaumaga yutqazayotgandi
Xorvatiyalik 34 yoshli superog'ir vazn toifasi vakili Filip Xrgovich Londonda britaniyalik 21 yoshli Mozes Itauma ustidan shov-shuvli g'alabaga erishdi.
Xrgovich to'qqizinchi raundda texnik nokaut evaziga istedodli raqibini mag'lubiyatga uchratdi. U superog'ir vazn toifasida vakant bo'lib turgan IBF chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Compubox portalidagi yakuniy zarbalar statistikasi malumotlariga ko'ra, jang to'xtatilgan vaqtda Mozes barcha asosiy raqamli ko'rsatkichlar bo'yicha oldinda edi.
Britaniyalik aniq zarbalar soni (163-90), jeblar (39-26) va ayniqsa kuchli zarbalar (124-64) bo'yicha ustunlikka ega bo'lib turgandi.
Xrgovichning navbatdagi raqibi kubalik Frenk Sanches bo'lishi kutilmoqda.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar