24 fev 19:52
Yangiliklar
Tennis
Stefanos Cicipas faoliyatidagi eng tezkor g'alabasini qayd etdi
Jahonning to'rtinchi raketkasi greciyalik Stefanos Cicipas Akapulkodagi turnirning ikkinchi davrasida ATR reytingida 209-o'rinni egallab turgan amerikalik Jeff Volfdan 6/1, 6/0 hisobida ustun keldi.
Uchrashuv 47 daqiqa davom etdi. Bu 23 yoshli tennischining faoliyatidagi eng tezkor g'alabasi bo'ldi. U o'yin davomida beshta eys va yana shuncha breyk-poyntni amalga oshirdi, to'pni o'yinga kiritishda ikki marta xatoga yo'l qo'ydi. Jeff esa bitta eys qayd etib, uch bor qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Ilgari sportchilar bir-birlari bilan uchrashishmagan.
Cicipasning Abierto Mexicano Telcel turniridagi navbatdagi raqibi yana bir AQSH vakili Markos Xiron bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar