24 may 11:32
Yangiliklar
Tennis
Stefanos Cicipas Lionni zabt etdi
Franciyaning Lion shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha nufuzli ATP turniri greciyalik Stefanos Cicipasning g'alabasi bilan yakunlandi.
Sayyoramizning beshinchi raketkasi Open Parc d'Auvergne-Rhone-Alpes-Lyon bosh sovrini uchun kechgan hal qiluvchi final uchrashuvida reytingning 49-pog'onasidan joy olgan britaniyalik Kemeron Norriga qarshi kortga chiqdi va ikki setda ham bir xil hisobda zafar quchdi - 6/3, 6/3.
Bir soatu 9 daqiqa davom etgan bahsda Stefanos 7 ta eys, 3 ta breykni amalga oshirdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 1:1.
Liondagi muvaffaqiyatli ishtirok Cicipasga 41,145 evro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi. Bu uning mavsumdagi ikkinchi, faoliyatidagi ettinchi sovrini bo'ldi. Norri esa Franciyadagi ishtirokidan 29,500 evro va 150 ochko ishlab oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar