04 sen 20:17
Yangiliklar
Tennis
Stefanos Cicipas US Open'ning uchinchi davrasida 18 yoshli raqibiga yutqazib qo'ydi
Jahonning uchinchi raketkasi, greciyalik tennischi Stefanos Cicipas AQSH Ochiq chempionatining uchinchi davrasida jahon reytingida 55-o'rinni egallab turgan 18 yoshli ispaniyalik Karlos Alkarazga mag'lub bo'ldi.
4 soatu 11 daqiqa davom etgan murosasiz uchrashuvda Stefanos yosh raqibiga 3/6, 6/4, 6/7 (2), 6/0, 6/7 (5) hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va shu erda musobaqadagi yurishini to'xtatdi. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlardagi hisob 1:0, ispaniyalik tennischi foydasiga.
US Open turnirining to'rtinchi davrasida Alkaraz germaniyalik Piter Goyovchik bilan o'ynaydi.
Havola :
Manba : Gotennis.ru
Fikrlar