11 okt 17:55
Yangiliklar
Tennis
Stefanos Cicipas Vena va Parijga bormaydi
“Rolan Garros”ning yarim finalchisi Stefanos Cicipas Vena va Parij shaharlarida bo'lib o'tadigan “Masters”da ishtirok etmaydigan bo'ldi.
Bunga tennischining «Ulkan Toj» turnirda orttirib olgan jarohati sabab bo'ldi. Greciyalik Londonda bo'lib o'tadigan ATP Yakuniy musobaqasiga qadar tiklanishga umid qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Stefanos Cicipas “Rolan Garros”ning yarim finalida besh setlik bahsda sayyoramizning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovichga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar