30 mar 07:01
Yangiliklar
Tennis
Sten Vavrinka bir yillik tanaffusdan so'ng kortga qaytdi
"Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirlarning uch karra chempioni shveycariyalik Sten Vavrinka faoliyatini qayta tikladi.
Jahonning 232-raketkasi Marbeledagi "CHellenjer" turniri startida ATR reytingida 131-o'rinni egallab turgan shveciyalik Eliasu Imerga 2/6, 4/6 hisobida mag'lub bo'ldi.
Tennischilar kortda 1 soatu 34 daqiqa harakat qilishdi. Vavrinka uchun bu o'yin o'tgan yilning mart oyidan buyon birinchi uchrashuv bo'ldi. Sportchi jarohat tufayli ikki bor jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazdi.
Bu tennischilarning ilk rasmiy uchrashuvi edi. Marbeldagi musobaqaning ikkinchi bosqichida Imer Xitoy Taypeyi vakili CHun Xing Cenga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar