19 okt 13:15
Yangiliklar
Tennis
Rublyov reytingda o'zidan 210 pog'ona quyidagi tennischiga yutqazdi
SHveciya poytaxti Stokgolm shahrida tennis bo'yicha ATP turniri davom etmoqda.
Dunyoning ettinchi raketkasi Andrey Rublyov musobaqaning 1/4 finalida ATP reytingida 217-pog'onada borayotgan shveycariyalik tajribali Sten Vavrinkaga ikkala setning tay-breklarida yutqazib qo'ydi - 6/7(5), 6/7(5).
Sten tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida oldinga chiqib oldi - 3:2. Bir soatu 52 daqiqa davom etgan bahsda Rublyov 10, Vavrinka 14 ta eys zarbani amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 2 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Ikkalasi ham 1 tadan breykka ega bo'ldi. Endi Vavrinka final chiptasi uchun amerikalik Tommi Polga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar