30 may 13:39
Yangiliklar

Stenli Kubogida finalchilar aniqlandi
Pley-offning 1/2 finalida g'alaba qozongan SHarqiy konferenciya jamoasi "Florida Panterz" hamda G'arbiy konferenciya vakili "Edmonton Oylerz" bosh sovrin uchun o'zaro kurash olib boradigan bo'ldi.
"Edmonton Oylerz" beshta uchrashuvda iborat seriyada "Dallas Starz" klubini umumiy 4:1 (3:6, 3:0, 6:1, 4:1, 6:3) hisobida mag'lubiyatga uchratdi. "Florida Panterz" esa "Karolina Xarrikeynz" klubini xuddi shu natija (5:2, 5:0, 6:2, 0:3, 5:3) bilan taslim etdi.
Qizig'i, bir yil avvalgi Stenli Kubogi finalida ham aynan "Florida Panterz" va "Edmonton Oylerz" klublari to'qnash kelgandi. O'shanda "Florida" hal qiluvchi ettinchi uchrashuvda g'alaba qozonib, umumiy seriya (3:0, 4:1, 4:3, 1:8, 3:5, 1:5, 2:1)dagi hisobni 4:3 ko'rinishiga keltirgan holda bosh sovringa ega chiqqandi.
Fikrlar