09 fev 17:01
Yangiliklar
Tennis

Kasper Ruud Dallas Open bosh sovrini uchun kortga chiqadi
AQSHning Dallas shahrida o'tkazilayotgan tennis turnirida finalchilar malum bo'ldi.
Dunyoning beshinchi raketkasi Kasper Ruud musobaqaning finaliga chiqdi. Norvegiyalik tennischi 1/2 finalda ATP reytingida 64-pog'onada borayotgan ispaniyalik Xaume Munyarni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 2/6, 7/6(4). Kasper tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida katta farq bilan oldinda bormoqda - 5:1.
Ikki soatu 30 daqiqa davom etgan bahsda Ruud 4, Munyar 6 ta eys zarbani amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 3 tadan breyk-poyntdan unumli foydalandi. Kasper o'tgan yilning may oyidan beri ilk bor ATP turniri finaliga chiqdi. Bugun u Dallas Open bosh sovrini uchun kanadalik Denis SHapovalovga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar