So’nggi yangiliklar

14:47Жезуш Роналдунинг баёноти ҳақида: "Ҳозир уни ўқиб чиқмоқчиман, айтадиган гапим йўқ" 0 14:19Mағлубиятсиз UFC жангчиси Доғистонга бориб шуғулланиш нияти жиддий эканини айтди 0 13:53Ариэль Хельвани: "Шевченконинг UFC унвонидан воз кечиши ихтиёрий бўлмаган" 0 13:22Пётр Ян Двалишвили билан жангига 18 кун қолганида ажойиб жисмоний ҳолатини намойиш этди + ФОТО 0 12:46Ўзбекистон 270 дақиқадан буён Кореяга гол ура олмаяпти 0 12:1211 боксчимиз жой олган WBC рейтинги янгиланди. Бир вазнда 3 чарм қўлқоп устамиз! 0 11:49Муроджон Йўлдошев Жаҳон чемпионатидаги юришини бошлашга шай! 0 11:13Мелиқўзиев WBА чемпионлик камари жанги учун ўз гонораридан ҳам воз кечмоқчи 0 10:45Криштиану Роналду ўзи билан боғлиқ шов-шувли вазият бўйича барчасини айтиб берди 0 10:19UFC Fight Night 290 турнирининг тўлиқ карди тасдиқланди 0 09:47Забит RAF лигаси билан шартнома имзолади. Илк рақиб, сана ва манзил маълум + ПОСТЕР 0 09:14Ўзбекистон крикет федерациясида янги тайинлов 0 08:38Мессининг хайрлашув ўйинида Аргентина йирик ҳисобда ғалаба қозонди + ВИДЕО 0 08:06Рамазон Темировнинг вазн рейтингида бир нечта ўзгариш бўлди 0 19:39Чимаев Стриклендга реванш учун 1 миллион доллар таклиф қилди 0

18 may 11:48
Yangiliklar

Stol tennisi

Stol tennisi. Parij-2024 Olimpiadasi uchun o'tkazilayotgan licenzion turnirning ilk kungi natijalari + FOTOGALEREYA

Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida stol tennisi bo'yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.

Markaziy Osiyo mintaqaviy saralash turnirida ishtirokchilar ucht guruhga bo'lingan holda bahslarni boshlashdi. Kecha musobaqaning ilk kuni O'zbekiston terma jamoasi vakillari mintaqadagi kuchli raqiblariga qarshi bahs olib borishdi. 

Hamyurtimiz Rozalina Xadjieva qozog'istonlik raqibasi Sarvinoz Mirkadirovaga qarshi uchrashuvda ajoyib kambek qayd etdi. U 0:3 hisobida yutqaza turib, yakunda o'ta muhim g'alabani o'z tomoniga og'dirib oldi - 4:3. Rozalina 2-turda qirg'izistonlik Saida Kudusovaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 4:0.  

Rio Olimpiadasi ishtirokchisi bo'lgan Zohid Kenjaev eronlik Nima Alamiyanni 4:0 hisobida engdi. Ilk turda qirg'izistonlik raqibasidan ustun kelgan Marhabo Magdieva ikkinchi uchrashuvida qozog'istonlik Anastasiya Lavrovaga yutqazib qo'ydi. Erkaklar va ayollar turnirida faqat g'oliblargina Parij-2024 Olimpiadasi licenziyasini qo'lga kiritadi. 

Birinchi kun natijalari:

Erkaklar. "A" guruhi 

Kiril Gerassimenko (Qozog'iston) - Ilyas Allanazarov (Turkmaniston) - 4:0 (11:7, 11:5, 11:4, 11:6)

Kiril Gerassimenko (Qozog'iston) - Azamat Ergeshov (Qirg'iz Respublikasi) - 4:0 (11:7, 11:6, 11:5, 11:3) 

"B" guruhi 

Noshad Alamiyan (Eron) - Alisher Yakupbaev (Qirg'iz Respublikasi) - 4:0 (11:5, 11:9, 11:5, 11:8) 

Noshad Alamiyan (Eron) - SHohruh Iskandarov (O'zbekiston) - 4:0 (11:3, 11:6, 11:6, 11:9)


"C" guruhi 

Nima Alamiyan (Eron) - Zohid Kenjaev (O'zbekiston) - 0:4 (8:11, 11:13, 13:15, 9:11)

Nima Alamiyan (Eron) - Alan Kurmangaliev (Qozog'iston) - 4:3 (9:11, 11:1, 12:10, 9:11, 11:5, 6:11, 12:10)

Ayollar. "A" guruhi

Sarvinoz Mirkadirova (Qozog'iston) - Rozalina Xadjieva (O'zbekiston) - 3:4 (11:6, 11:8, 11:7, 1:11, 12:14, 6:11, 6:11)

Maxshid Ashtari (Eron) - Saida Kudusova (Qirg'iz Respublikasi) - 4:0 (11:3, 11:6, 11:2, 11:7)

Sarvinoz Mirkadirova (Qozog'iston) - Maxshid Ashtari (Eron) - 4:2 (7:11, 11:9, 11:5, 11:13, 11:6, 15:13)

Rozalina Xadjieva (O'zbekiston) - Saida Kudusova (Qirg'iz Respublikasi) - 4:0 (11:7, 11:8, 11:5, 11:3)


"B" guruhi 

Anastasiya Lavrova (Qozog'iston) - Neda SHaxsavari (Eron) - 1:4 (11:7, 3:11, 9:11, 5:11, 4:11)

Marhabo Magdieva (O'zbekiston) - Ayana Ulanbekova (Qirg'iz Respublikasi) - 4:0 (11:4, 11:5, 11:4, 11:4)

Anastasiya Lavrova (Qozog'iston) - Marhabo Magdieva (O'zbekiston) - 4:0 (11:9, 11:7, 11:5, 11:7)

Neda SHaxsavari (Eron) - Ayana Ulanbekova (Qirg'iz Respublikasi) - 4:0 (11:4, 11:4, 11:2, 11:5)


Bugun guruh bosqichi yakunlanadi va 1/4 final uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Ertaga esa 1/2 final va hal qiluvchi final bahslari o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing