26 jan 12:11
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/52898_220.jpg)
Stosur - SHuay Australian Open juftligi g'olibalari!
Avstraliyalik Samanta Stosur hamda xitoylik CHjan SHuay Australian Open turnirining xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi turniri g'olibasiga aylanishdi.
Ular hal qiluvchi final uchrashuvida vengriyalik Timea Babosh va franciyalik Kristin Mladenovichga qarshi kortga chiqishdi. Bir soatu 35 daqiqa davom etgan bahsda Samanta va SHuay 6/3, 6/4 hisobida zafar quchishdi.
Stosur uchun bu “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirlarning juftlik bahslaridagi uchinchi sovrin bo'ldi. CHjan esa ilk bor bosh sovringa ega chiqdi. SHuay va Samantaning ikki haftalik muvaffaqiyati ularga 750 000 dollar mukofot puli hamda 2000 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar