02 fev 09:18
Yangiliklar
Tennis

St.Petersburg Ladies Trophy. CHempion musobaqani tark etdi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tennis bo'yicha nufuzli turnir davom etmoqda.
Dunyoning ikkinchi raketkasi, musobaqaning amaldagi g'olibasi Petra Kvitova St.Petersburg Ladies Trophy turniridagi ishtirokini yakunladi. CHexiyalik tennischi chorak finalda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Bir soatu 34 daqiqada davom etgan bahsda u xorvatiyalik Donna Vekichga 4/6, 1/6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Vekich reytingning 30-pog'onasidan joy olgan.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar