30 jan 08:24
Yangiliklar
Tennis

St.Petersburg Ladies Trophy. Ostapenko g'alaba bilan boshladi
Xabar berganimizdek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasida nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.
Sayyoramizning 22-raketkasi Elena Ostapenko Piter turnirini g'alaba bilan boshladi. Latviyalik tennischi birinchi bosqichda franciyalik Kristin Mladenovichni 6/1, 0/6, 6/0 hisobida dog'da qoldirdi.
Uchrashuv 1 soatu 22 daqiqa davom etdi. 21 yoshli Ostapenko ikkita eys zarbasini amalga oshirdi. Ikki tennischi o'rtasidagi o'zaro uchrashuvlardagi hisob tenglashdi - 1:1. Endi Elena ikkinchi davrada rossiyalik Anastasiya Pavlyuchenkovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar