14 fev 15:03
Yangiliklar

Sultonov Aktobedagi turnirda chorak finalga chiqdi
Mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada o'zbekistonlik tennischilar ham muvaffaqiyatli odimlashyapti. Turnirning ikkinchi raketkasi bo'lgan Humoyun Sultonov bundan bir necha daqiqa avval chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Hamyurtimiz 1 soatu 31 daqiqa davom etgan uchrashuvda chexiyalik Mixal Konechnini ikki setda ham bir xil 6:4 hisobida mag'lub etdi. Kecha Humoyun ilk davrada rossiyalik Anton CHexovdan 6:2, 6:2 hisobida ustun kelgan edi.
Endi Humoyun Sultonov yarim final chiptasi uchun gollandiyalik Nils Lutsmaga qarshi kortga chiqadi. Biroz avval yakunlangan bahsda Lutsma turnirning ettinchi raketkasi, rossiyalik Konstantin Kravqukdan 7:6(4), 7:6(5) hisobida ustun keldi.
Fikrlar