16 iyu 08:11
Yangiliklar
Tennis
Sultonov asosiy to'rga chiqdi, Do'stovga WC berildi
Qozog'istonning Astana shahrida tennis bo'yicha “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnirning saralash bahslari yakunlandi.
Sovrin jamg'armasi 125 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada ikki hamyurtimiz - Humoyun Sultonov va Farrux Do'stov ham ishtirok etyapti. Turnir tashkilotchilari Do'stovga asosiy to'rda qatnashish huquqini beruvchi imtiyozli yo'llanma taqdim etishdi.
Sultonov esa o'z imkoniyatini saralash bahslarida sinab ko'rdi. Humoyun avvaliga rossiyalik tajribali tennischi Mixail Elginni 6:2, 6:4 hisobida engdi. Keyin esa saralashning uchinchi raketkasi hindistonlik Arjun Kadxedan 6:1, 3:6, 6:2 hisobida ustun kelib, asosiy to'rga yo'l oldi. Tennischimiz 5 reyting ochkosini ham qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar