26 avg 09:40
Yangiliklar
Tennis

Sultonov Baltimor turnirida yarim finalga chiqa olmadi
Istedodli tennischimiz Humoyun Sultonov AQSHning Merilend shtati Baltimor shahrida o'tkazilayotgan o'smirlar o'rtasidagi Prince George’s County International turniridagi ishtirokini to'xtatdi.
Musobaqaning asosiy to'r bahslarida to'qqizinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz chorak final uchrashuvida Miomir Kezmanovichga qarshi kortga chiqdi.
Serbiyalik bu tennischi turnirda ikkinchi raqam ostida harakat qilyapti. Ikki set davom etgan uchrashuvda hamyurtimiz raqibiga 2:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Sultonov juftliklar bahsida germaniyalik Rudolf Molleker bilan birga uchinchi raqamli tandemni xosil qilgan va ikkinchi davrada AQSH va Kolumbiya tennischilariga yutqazgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar