So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

09 apr 15:20
Yangiliklar

Tennis

Sultonov Monca turnirida dunyoning 91-raketkasiga qarshi uch setlik uchrashuv o'tkazdi

Teglar :  Humoyun Sultonov
Italiyaning Monca shahrida tennis bo'yicha ATP 100 toifasiga kiruvchi "CHellenjer" turniri davom etmoqda.

Mukofot jamg'armasi 145 250 evroni tashkil etuvchi musobaqada hamyurtimiz Humoyun Sultonov zaxira o'yinchisi sifatida bahslarga kirishgandi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi ilk davrada reytingda o'zidan yuqorida turgan slovakiyalik 27 yoshli Lukas Kleynni 6/1, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi. 

Hozirgina yakuniga etgan 1/8 final bahsida hamyurtimiz turnirning birinchi raketkasi, dunyo reytingida 91-o'rinni egallab turgan belgiyalik Rafael Kollinonga qarshi kortga chiqdi. Birinchi set 6/2 hisobida belgiyalik foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi setda Humoyun breyk evaziga setni yutib oldi - 6/4. Hal qiluvchi uchinchi setda Sultonov kuchli raqibiga qarshilik ko'rsata olmadi - 0/6.     

Taqqoslash uchun, Sultonov ATP reytingida 229-o'rinni egallab turibdi. Bir soatu 56 daqiqa davom etgan bahsda Humoyun 3, Kollinon 8 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar evropalik tennischida ko'proq bo'ldi 4 ga 2. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan uchinchi uchrashuvi bo'ldi. Bundan avvalgi ikki bahsda tennischilar bittadan g'alabaga erishishgandi. Bugun Rafael hisobda oldinga chiqib oldi - 2:1.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing