15 fev 09:07
Yangiliklar
Tennis
Sultonov Portugaliyadagi turnirda muvaffaqiyatli start oldi
Portugaliyaning Vila-Real-di-Santu-Antoniu shahrida tennis bo'yicha M25 toifasiga kiruvchi ITF turniri bo'lib o'tmoqda.
Mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov ham ishtirok etyapti. Hamyurtimiz ilk davrada kolumbiyalik Alexandro Rodrigesga qarshi kortga chiqib, 7/5, 6/2 hisobida g'alaba qozondi.
Taqqoslash uchun, Sultonov ATP reytingida 354, Rodriges esa 660-pog'onadan joy olgan. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Turnirda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan Humoyunning 1/8 finaldagi raqibi bugun aniqlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar