26 jan 13:39
Yangiliklar
Tennis

Sultonov Qozon turniri finalida kortga chiqdi
Rossiyaning Qozon shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning juftlik bahslarida ishtirok etgan uch nafar tennischimizdan faqat biri final uchrashuvida kortga chiqdi.
Rossiyalik Aleksandr Vasilenko bilan birga to'rtinchi raqamli juftlik hosil qilgan Humoyun Sultonov hozirgina yakuniga etgan final bahsida mezbon tennischilar - Mixail Fufugin va Denis Macukevich tandemiga qarshi bahs olib bordi.
Bir soatu 19 daqiqa davom etgan uchrashuvda rossiyalik tennischilar hamkorligi 6:4, 6:4 hisobida zafar quchib, Qozon turnirining juftlik bahslari g'olibiga aylanishdi. Humoyun esa turnir vice-chempioni bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar