28 okt 16:22
Yangiliklar
Tennis
Sultonov SHenchjendagi ikkinchi uchrashuvini o'tkazdi
Xitoyning SHenchjen shahrida tennis bo'yicha “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnirning saralash bahslari yakunlandi.
Sovrin jamg'armasin 75 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada ikki istedodli tennischimiz - Jo'rabek Karimov va Humoyun Sultonov yurtimiz sport sharafini himoya qilayotgandi. Jo'rabek ilk saralash bahsidayoq xorvatiyalik Matej Sabanovga imkoniyatni boy bergandi.
Sultonov esa gollandiyalik Nisten Miliaanga qarshi kortga chiqib, raqibini ortiqcha qiyinchiliksiz 6/1, 6/2 hisobida taslim etgandi. Ammo u asosiy to'rga yo'llanma beruvchi uchrashuvda hindistonlik Saket Mineniga 5/7, 2/6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar