28 noy 10:41
Yangiliklar
Tennis

Sultonov Turkiyada asosiy to'rga chiqishga urinib ko'radi
Istedodli tennischimiz Humoyun Sultonov Turkiyaning Antaliya shahri mezbonlik qilayotgan turnirda o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning saralash bahslarida ishtirok etmoqda. Saralashda uchinchi raqam ostida tasniflangan Sultonov birozdan so'ng asosiy to'rga yo'llanma beruvchi uchrashuvda boliviyalik Luis Diego Villalpando CHavesga qarshi kortga chiqadi.
Malumot
uchun, Humoyun saralash bosqichining birinchi davrasida Xitoy Taypeyi vakili Bang
CHuo Yinni 6:1, 6:2, ikkinchi bosqichda turkiyalik Gokberk Ergenemanni 1:6, 7:6(6),
6:1 hisobida mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar